12 okt 14:27
Yangiliklar

Yosh bokschilarimiz xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Belarusga yo'l olishdi
Boks bo'yicha Sobiq ittifoq chempioni Vladimir Botvinnik xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda Belarus, Rossiya, Gruziya, Franciya kabi mamlakatlar qatorida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari ham ishtirok etishadi.
2002-2003 yillarda tavallud topgan bokschilar o'rtasidagi ushbu musobaqa terma jamoamiz azolari uchun pandemiyadan keyingi ilk musobaqa bo'ladi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Minsk shahriga quyidagi tarkibda yo'l oldi:
-49 kg: Ibrohim Ishjonov
-49 kg: Avazjon Yo'ldoshev
-52 kg: Dilshod Abduvaliev
-52 kg: Fayzullo Xudoyberdiev
-56 kg: Mirzabek Mirzahalilov
-64 kg: Umid Qadamboev
-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov
-75 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: Login Petrov
-81 kg: SHohjahon Abdullaev
-91 kg: Amirshoh Samadov
+91 kg: Jahongir Zokirov
Katta murabbiylar: Hamid Tangribergenov
Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Botirjon Mahmudov
Hamyurtimiz SHerzod Ahmedov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar