23 dek 14:28
Yangiliklar
Yosh chavandozlar uchun ot yo'rttirish bo'yicha musobaqa o'tkazildi FOTOREPORTAJ
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida ot yo'rttirish bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Laziza Abdullaeva, Abdulaziz Sultonov, Mariya G'ofurova, Kamila Kisnichan kabi sportchilar ot yo'rttirish bo'yicha o'z mahoratlarini namoyon etdilar. SHuningdek, ot sportiga endigina kirib kelayotgan Bexzod Muxtorjonov, Anna Kim kabi yosh chavandozlar ham o'z chiqishlari bilan yig'ilganlar olqishiga sazovor bo'ldi.
10-12 yoshlilar o'rtasida ot yo'rttirish bo'yicha o'tkazilgan maktab birinchiligida Laziza Abdullaeva tengdoshlaridan mahorat borasida ustun ekanligini namoyon etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan diplom, medal hamda Yangi yil sovg'alari bilan taqdirlandi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar