07 mar 08:07
Yangiliklar
Dzyudo

Yosh dzyudochilarimiz "Alibayli Cup" turniriga yo'l olishdi
8-9 mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'smirlar va kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tadi.
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Alibayli Cup" turnirida mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Turkiya, Gruziya singari o'nga yaqin davlatdan yosh dzyudochilar ishtirok etadi.
Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi hamda mamlakat dzyudo federaciyasi hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro turnirda O'lmas Gulliev murabbiyligidagi "Diplomat" dzyudo klubi tarbiyalanuvchilari medallar uchun bahs olib boradi.
Bu kabi musobaqalarning o'tkazilishi yoshlarning xalqaro tajribasi oshishiga xizmat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar