08 iyu 13:38
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Yosh kanoechilarimiz dunyo birinchiligida sovrindor bo'lishdi
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Italiyaning Auronzo shahrida tashkil etilayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgani haqida malum qilingan edi.
Sportchilarimiz turnirda dastlabki medallarini qo'lga kiritishdi.
23 yoshgacha bo'lgan kanoechilar o'rtasida 1000 metrga kechgan bahslarda Vladlen Denisov kumush, ayni shu turdagi qayiqda 18 yoshgacha bo'lgan qizlar bellashuvida SHohsanam SHerzodova bronza medaliga sazovor bo'ldi.
U-23 / S1, 1000 metr:
1. Gabriele Kasadei (Italiya)
2. Vladlen Denisov (O'zbekiston)
3. David Baushke (Germaniya)
U-18 / S1, 1000 metr:
1. Mariya Brovkova (Qozog'iston)
2. Reka Sarkani (Vengriya)
3. SHohsanam SHerzodova (O'zbekiston).
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar