21 avg 09:53
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yosh klassik kurashchilarimiz jahon chempionati shohsupasida
Sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Iordaniya mezbonlik qilayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida dastlabki medallarini o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
Yunon-rum kurashchilarimizdan Husniddin Abdukarimov (-48 kg) kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Sardor Xolmurzaev (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.
Bugun kun davomida 4 nafar polvonimiz bronza medali uchun o'tish bosqichida ishtirok etishadi.
-45 kg: Umidjon Karomov – SHahid Nabiev (Ozarbayjon) / Ahmad Badraddini (Eron)
-60 kg: Farruh Yo'ldoshev – Ali Abunosir (Iordaniya)
-71 kg: Behruz Valiev – Jinxao Vu (Xitoy) / Samvel Terteryan (Armaniston)
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov – Patrik Budor (Xorvatiya)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar