02 iyu 10:29
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yosh "klassik" kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 3 ta medal bilan boshlashdi
Tailandda sport kurashlari bo'yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi.
Ananaga muvofiq, turnirni yunon-rum kurashi vakillari boshlab berishdi. Dastlab kun gilamga chiqqan yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqishdi. Osiyo chempioni Og'abek Askaraliev sharafiga Tailand zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Birinchi kun g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal
-77 kg: Og'abek Askaraliev
Kumush medal
-55 kg: Otabek Tursunov
Bronza medal
-63 kg: Quvonchbek Ismoilov



Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar