So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 iyu 11:11
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Yosh kurashchilarimiz Osiyo chempionatiga shaylar

Teglar :  Kurash
20-23 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

O'zbekiston delegaciyasi qita chempionatida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha to'liq tarkibda ishtirok etadi.

Yosh polvonlarimiz mazkur nufuzli musobaqaga so'nggi bir necha hafta davomida tayyorgarlik olib bordilar. Aslida Tailanddagi Osiyo chempionati 2000-2001 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida tashkil etilishi kerak edi. Ammo, 2018-yilgi o'smirlar o'rtasidagi qita chempionati kelasi yili  Argentina mezbonlik qiladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma berishini hisobga olib O'zbekiston sport kurashlari Associaciyasi Bangkokdagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibga 2002 yili tug'ilgan sportchilarni ham kiritdi.

Uzoqni ko'zlab amalga oshirilgan bu strategiya bo'lajak musobaqalar va eng muhimi o'smirlar Olimpiya o'yinlarining licenziyasiga ega bo'lish yo'lida tashlangan muhim qadam bo'ldi deb ayta olamiz. Darvoqe, 2018-yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligiga Toshkent va yana Bangkok shaharlari davogarlik qilishmoqda. Demak, kelasi yilgi qita chempionatida musobaqa ishtirokchilari sovrinli o'rinlardan tashqari Olimpiya o'yinlari licenziyalari uchun ham kurash olib borishadi.

Biz esa yana ikki kundan so'ng Bangkok safariga jo'nab ketadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishtirib o'tamiz.

Yunon-rum kurashi

1. Saidislom Teshaboev
2. Eldor Karimov
3. Asilbek Nematov
4. Jahongir Hamraev
5. Javohir Samatov
6. Dilshod Omangeldiev
7. Abrorbek Mamirov
8. Abror Nurmuhamedov
9. Ergali Ayximbaev
10. Abdulaziz G'ulomqodirov

Bosh murabbiy: Olim Qurbonov
Murabbiy: Vohidjon Temirov



 Erkin kurash

1. Umid Jalolov
2. Arslan Rahimov
3. Jamshidbek Marufov
4. Amirbek Salimov
5. Feruz Yoqubov
6. Ixtiyor Normurodov
7. Zafar Rashidov
8. Jamshid Abdufattoxov
9. Muhammadrasul Rahimov
10. Javohir Yusupov

Bosh murabbiy: Latif Xalimov
Murabbiy: Rustam Mutalov

Ayollar kurashi

1. Go'zal Jienbaeva
2. Ayzada Bekbo'sinova
3. Ariuxan Jumabaeva
4. Muxlisa Normo'minova
5. Umidaxon Maksetova
6. Gulnoza Jumabaeva
7. Ulday Uzakbaeva
8. Gulruh Sobirova
9. SHohida Ahmedova
10. Svetlana Oknazarova  
 
Murabbiy: Ahmad Kagarmanov

Sport kurashlari bo'yicha terma jamoamizni avgust oyida ham ikkita muhim musobaqa kutib turibdi. 1-6 avgust kunlari Finlyandiyaning Tampere shahri yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilsa, yilning eng nufuzli musobaqasi – kattalar o'rtasidagi jahon chempionati 21-26 avgust kunlari Franciya poytaxti Parij shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqalarda tabiiyki O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham gilamga chiqishadi. Avgust oyidagi jahon chempionatlari hususida keyinroq batafsil malumot berib o'tamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing