20 iyu 11:57
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yosh kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 9 ta medal bilan yakunlashdi
Qirg'izistonda sport kurashlari bo'yicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqani yakunlab bergan erkin kurash bahslarida hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
CHempionatning -74 kg vazn toifasida finalgacha etib borgan Begijon Kuldashev kumush medal sohibiga aylandi. SHuningdek, Nodir Rahimov (-70 kg) hamda Namoz Abdurashidov (-125 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi ushbu yosh toifasidagi bellashuvlarni 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 9 ta medal bilan yakunladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar