12 iyu 07:47
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yosh kurashchilarimiz qita chempionatida 13 ta medal qo'lga kiritishdi
Bahrayn poytaxti Manama shahri to'qqiz kun davomida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.
Qita birinchiligida ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar (U 20) terma jamoasi musobaqani 13 ta medal bilan yakunladi.
So'nggi kun dasturida erkin kurash bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi. Unda bronza medali uchun gilamga chiqqan Arslan Rahimov (-61 kg) mo'g'ulistonlik Enxbold Enxbatni 8-2, -92 kg vazndagi Ravshanbek Jumaboev esa koreyalik CHa Seo Xyunni 10-2 hisobida taslim etib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
SHu tariqa, sport kurashlari bo'yicha yoshlar terma jamoamiz musobaqani 2 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallari bilan yakunladi. Qizlarimiz tarixda ilk bor umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar