08 noy 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Yosh MMAchimiz Avazbek Xolmirzaev tajribali raqibini birinchi raunddayoq taslim etdi (VIDEO)
Tailandning Bangkok shahrida aralash yakkakurash bo'yicha ONE Fight Night 37 turniri o'tkazildi.
Musobaqa doirasida 24 yoshli o'zbekistonlik MMA jangchisi Avazbek Xolmirzaev Janubiy Afrika Respublikasi vakili Villi van Rooenga qarshi bahs olib bordi.
Uch raundlik jangda Avazbek raqibini birinchi raundning o'zida og'ritish usuli evaziga muddatidan avval taslim etdi.
Bu orqali Xolmirzaev faoliyatidagi 16-jangida 14-g'alabasini nishonladi, uning hisobida 2 ta mag'lubiyat ham bor. Villi van Rooen hisobida esa endi 7 ta g'alabadan tashqari 1 ta mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar