18 noy 08:33
Yangiliklar
Gimnastika
Yosh trampolinchilarimiz Jahon chempionatida 4 ta medal qo'lga kiritishdi
10-17 noyabr kunlari Ispaniyaning Pamplona shahrida trampolin bo'yicha turli yosh toifalaridagi Jahon chempionati o'tkazildi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Kumush medal:
Sardor Muhammadiev, Husniddin Rahmoniddinov (batut, juftlik, U14)
Sardor Muhammadiev (batut, yakkalik, U14).
Bronza medal:
Jamshidbek Rahimov (akrobatik yo'nalish, yakkalik, U12)
Jahongir Bahodirov, Elshodbek Mamayusupov (batut, juftlik, U11).

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar