So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

23 iyu 14:01
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatining ilk kuni 7 ta medal qo'lga kiritishdi

Iordaniya poytaxti Amman shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U-17) o'rtasida Osiyo chempionati start oldi.

Qita birinchiligining ilk kuni yunon-rum kurashchilar 7 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, 3 ta vazn toifasida o'zbekistonlik o'smirlar oltin medal sohibiga aylanishdi. Umidjon Karomov (-45 kg), Husniddin Abdukarimov (-48 kg) va Sardor Xolmurzaev (-55 kg) o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'lishdi. 

SHuningdek, yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta kumush hamda 1 ta bronza medaliga ham sazovor bo'lishdi. Hozircha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibmiz. 


Ilk kungi barcha g'olib va sovrindorlar:

45 kg vazn toifasi:

1. Umidjon Karomov (O'zbekiston)

2. Ahmad Badraddini (Eron)

3. Nurdaulet Kumaruli (Qozog'iston)

3. Muhammad G'ofurov (Tojikiston)


48 kg vazn toifasi:

1. Husniddin Abdukarimov (O'zbekiston)

2. Alireza Amirig'asroddashti (Eron)

3. Islam Temirbekov (Qirg'iz Respublikasi)

3. Bikash Kachhap (Hindiston)


51 kg vazn toifasi:

1. Abolfazl Karamiegayi (Eron)

2. Hojiakbar Qo'chqorov (O'zbekiston)

3. Xiro Sakamoto (Yaponiya)

3. Edige Toleutaev (Qozog'iston)


55 kg vazn toifasi:

1. Sardor Xolmurzaev (O'zbekiston)

2. Samarth Mhakave (Hindiston)

3. Amirali Heydari (Eron)

3. Eldar Murzakulov (Qirg'iz Respublikasi)


60 kg vazn toifasi:

1. Dosbol SHamil (Qozog'iston)

2. Farrux Yo'ldoshev (O'zbekiston)

3. Abolfazl Ali SHiri (Eron)

3. Tushar Patil (Hindiston)


92 kg vazn toifasi:

1. Kazem Bigdilou (Eron)

2. Adilet Toishi (Qozog'iston)

3. Seunguk Bak (Koreya Respublikasi)

3. Faxrikamol Komiljonov (O'zbekiston)


110 kg vazn toifasi:

1. Xaorui Vang (Xitoy)

2. Sayidamir Nematov (O'zbekiston)

3. Ronak Ronak (Hindiston)

3. Ayub Hosseyn G'asemi (Eron)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing