31 jan 15:35
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Yoshlar o'rtasidagi qishki Olimpiadaning keyingi manzili va sanalari elon qilindi
Italiya 2028 yilda yoshlar o'rtasidagi qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qiladi.
Bu haqdagi qaror Xalqaro olimpiya qo'mitasining (XOQ) 143-sessiyasida qabul qilindi. Ko'pgina sport turlariga mamlakat shimolidagi Valtellina-Dolomit mintaqasi mezbonlik qiladi. Tashkilotchilarning arizasiga 89 ta ovoz berilgan.
Eslatib o'tamiz, qishki Olimpiya o'yinlari 2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina d'Ampecco shaharlarida bo'lib o'tadi. Yoshlar o'rtasidagi so'nggi qishki Olimpiya o'yinlarida O'zbekistondan ikki sportchi — Rauan Raimqulov hamda Sabina Rejepova tog' chang'isi bahslarida ishtirok etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar