06 may 11:17
Yangiliklar

Yoshlarimiz Istanbul Junior European Cup 2025 turnirida ikkinchi bo'lishdi
Ikki kun davomida dunyoning 5 qitasi 30 davlatidan kelgan jami 505 nafar dzyudochi musobaqa medallari uchun bahs olib boradi. Ular orasida to'liq tarkibdagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi dzyudochilari ham tatamiga chiqishdi.
Quvonarlisi, dzyudochilarimiz yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Birinchi o'rinni band etgan Braziliya terma jamoasi ham biz singari 2 ta oltin medalga ega chiqdi, birgina kumush medallarning ko'pligi evaziga ular umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-57 kg: Aselxan Aralbaeva
+78 kg: Umida Nig'matova
Kumush medal
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
Bronza medal
-73 kg: Bunyod Safarov
Murabbiylar - Kamol Murodov, Zafar Nafasov, Diyorbek O'razboev, Rafkat Izmaylov, Nargiza Azimova
Fikrlar