21 iyu 18:04
Yangiliklar
Yoshlarimiz Osiyo chempionatida 14 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi FOTOGALEREYA
Musobaqaning so'nggi ikki kuni yoshlar jami 14 ta vazn toifasida g'oliblik uchun tatamiga chiqdilar. Bugungi bellashuvlar og'ir vazn toifalarida kechdi va unda O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Qita chempionati yakunida esa Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi o'zbekistonlik dzyudochilar 5 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 15 davlat orasida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Janubiy Koreya terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan bu borada birinchi bo'lishdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Qozog'iston terma jamoasi yakun yasab berdi.
SHohsupaga ko'tarilgan yoshlarimiz:
Oltin medal
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-57 kg: SHukurjon Aminova
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
Kumush medal
+100 kg: O'tkirbek To'raboev
Bronza medal
-52 kg: Umida Jumaniyozova
-63 kg: Farangiz Rejepova
-70 kg: SHahlo Egamberganova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Mohinur Parmonova
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Nurbek Murtazoev
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov
Fikrlar