07 iyu 13:20
Yangiliklar
Dzyudo

Yoshlarimiz Osiyo chempionatiga saudiyaliklar bilan birga tayyorgarlik ko'rishyapti FOTOREPORTAJ
Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston o'smirlar, qizlar va yoshlar terma jamoalari to'liq tarkib bilan ishtirok etadi. Ayni paytda o'smir va qizlarimiz CHirchiq shahridagi "Kimyogar" sport majmuasida, Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi yoshlarimiz esa O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshidagi engil konstrukciyali dzyudo zalida Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni maromiga etkazishyapti.
Etiborlisi, mashg'ulotlarda Saudiya Arabistoni terma jamoasi dzyudochilari ham qatnashishyapti. Ushbu xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini O'zbekiston va Saudiya Arabistoni dzyudo federaciyalari o'rtasida imzolangan Memorandum asosida o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar