21 iyu 10:40
Yangiliklar
Dzyudo
Yoshlarimiz Osiyo chempionatining ilk kuni 6 ta medal qo'lga kiritishdi, yarmi oltin!
Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Ikki kunlik bahslar yakunida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 16 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi.
Kechadan Bangkok tatamilarida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Ilk kungi bellashuvlarda Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi o'zbekistonlik dzyudochilar 6 ta medalni qo'lga kiritishdi.
SHohsupaga ko'tarilgan yoshlarimiz:
Oltin medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-57 kg: SHukurjon Aminova
Bronza medal:
-52 kg: Umida Jumaniyozova
-63 kg: Farangiz Rejepova
-73 kg: Hojiakbar Toshev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar