17 may 06:21
Yangiliklar
Yoshlarimiz Osiyo ochiq kubogida 14 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO
Musobaqaning so'nggi kuni yoshlar o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi. Dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medalga ega chiqishdi. Terma jamoamiz bitta oltin medal farqi bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni band etdi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo ochiq kubogining dastlabki ikki kunida o'smirlar tatamiga chiqishgan va unda O'zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 8 ta kumush, 11 ta bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Oltin medal sohiblari:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Sita Kadambaeva
+78 kg: Fotima Kuramboeva
-66 kg: Abdulbosit Abdusalimov
-100 kg: O'tkirbek To'raboev
+100 kg: SHohruh Mamarasulov
Kumush medal sohiblari:
-73 kg: Jayhunbek Nazarov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
Bronza medal sohiblari
-63 kg: Farangiz Rejepova
-70 kg: Farangiz Xolmurodova
-70 kg: Mamlakat Sultonova
-78 kg: SHinar Ibraeva
-66 kg: SHavkat Saitkulov
-90 kg: Dilshodjon Bahodirov
Fikrlar