25 iyu 12:17
Yangiliklar
Dzyudo

Yozgi Universiada o'yinlari. Bugun so'nggi kun bahslarida og'ir vaznlilarimizdan medallar kutamiz
Germaniyaning bir nechta shahri mezbonligida o'tayotgan talaba-sportchilar o'rtasidagi Butunjahon yozgi Universiadaning dzyudo musobaqasi uchinchi kungi bellashuvlariga etib keldik.
Bugun dzyudo musobaqasining so'nggi kuni og'ir vaznda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadigan uchinchi kun saralash bellashuvlarida terma jamoamizning 5 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi. Talaba-dzyudochilarimizga omad yor bo'lsin.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:
-90 kg: Nurbek Murtazoev - Elle De Bruin (Niderlandiya)
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov - Marko Vrxovnik (Sloveniya)/Mixal Edrzejevski (Polsha)
+100 kg: Islombek Ravshanqulov - Yanos Baloh (Vengriya)
QIZLAR
-78 kg: Marjona Ko'chimova - Ana Ernandes (Ispaniya)/Van Sze-Si (Xitoy Taypeyi)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Lu Sin-Juy (Xitoy Taypeyi)/Paulien Svirs (Niderlandiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar