24 iyu 10:13
Yangiliklar
Dzyudo

Yozgi Universiada o'yinlari. Dzyudochilarimiz ilk kungi bellashuvlarda 2 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO
Germaniyaning Reyn-Rur shahri mezbonligida o'tayotgan talaba-sportchilar o'rtasidagi Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarining dzyudo musobaqasi boshlandi.
Dzyudo musobaqasida dunyoning 57 davlatidan jami 367 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. Ilk kungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar dzyudochisi tatamiga chiqqan bo'lsa, ularning teng yarmi shohsupaga ko'tarildi.
Laziza Haydarova (-48 kg) va SHukurjon Aminova (-57 kg) Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Haydarova bronza medali uchun kechgan bellashuvda polshalik Paulina SHlyaxtani, Aminova esa italiyalik Juliya Karnani 25 soniyada taslim etdi.
Havola :
O’xshash yangiliklar
15:37
Erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha U-17 Jahon chempionati uchun tarkiblarimiz aniq 0
Fikrlar