09 jan 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Yulduzlar to'planayotgan Mangu MMA Ligasi dastlabki turnirining markaziy janglarini elon qildi (VIDEO)
7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo arena" inshooti aralash yakka kurashlar bo'yicha Mangu MMA 1 musobaqasini qabul qiladi.
Tashkilotchilar musobaqaning asosiy bellashuvlarini elon qildi.
Unga ko'ra, Mangu MMA 1 turnirining markaziy bahsida yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors Ligasi chempioni bo'lib turgan hamyurtimiz Xotambek Boynazarov Rossiya vakili Magomed Xabib Ramazanovga qarshi oktagonga ko'tariladi. Malumot uchun, Boynazarov faoliyati davomida hozirgacha 12 ta jang o'tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Ramazanov hisobida esa mag'lubiyatsiz beshta g'alaba mavjud.
Co main event bellashuvi esa engil vazn toifasidagi taniqli MMA ustamiz Amirxon Alixo'jaev (12-6-0) va rossiyalik Magomed Saliev (11-4-0) o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar