07 avg 08:48
Yangiliklar
Yulduzli UFC 280 oqshomining Co-main event jangi tasdiqlandi
Turnir tashkilotchilari tomonidan ushbu yulduzli kardning Co-main event jangi tasdiqlandi. Unda engil vaznda UFC chempioni Aljemeyn Sterling liganing sobiq chempioni Ti Jey Dillashouga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Avvalroq, Sterling - Dillashou jangining UFC 279 turniri doirasida o'tkazilishi haqida xabar berilgandi. Keyinroq Sterlingning UFC bilan kelisha olmagani sabab ushbu jang UFC 280 turniriga ko'chirildi. So'nggi jangida aynan Sterlingga imkoniyatni boy bergan rossiyalik Petr Yan ham Abu-Dabidagi turnirda oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, Dillashou so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida UFC on ESPN 27 turnirida hamyurti Kori Sendxagenga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Eslatib o'tamiz, UFC 280 turnirining markaziy jangida braziliyalik CHarlz Oliveyra rossiyalik Islam Maxachevga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar