So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

25 mar 14:16
Yangiliklar

Tokio-2020

YUNESKO Konvenciyasi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  YUNESKO
Dunyo bo'yicha deyarli barcha mamlakatlar amal qilishi lozim bo'lgan bir qator xalqaro normativ hujjatlar mavjud.

Ulardan biri Butunjahon antidoping kodeksiga qo'shimcha ravishda tasdiqlangan “Sportda dopingga qarshi kurash to'g'risida”gi xalqaro Konvenciyadir.

2005 yilning 19 oktyabr kuni qabul qilingan Konvenciyaning asosiy maqsadi tinchlik va xavfsizlikka ko'maklashishga hissa qo'shish, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatida dopingni oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida sportda dopingga qarshi kurashishdir.

Mazkur Konvenciya qoidalariga amal qilinishi bo'yicha har ikki yilda bir marotaba Franciyaning Parij shahrida YUNESKO tashkilotiga azo 195 dan ortiq davlatlar vakillari ishtirokida sessiya o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligida mazkur masalaga aloqador bo'lgan vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ishchi yig'ilish tashkil qilindi.

Yig'ilishda, YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va Farmacevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligidan vakillar ishtirok etishdi.

Ishchi yig'ilish raisi O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov Konvenciyaning asosiy maqsadi, unda ko'rsatilgan bandlar bo'yicha amalga oshirilgan va bajarilishi lozim bo'lgan masalalarga to'xtalib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing