06 fev 20:18
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yunon-rim kurashchilarimiz Dukentda mashg'ulot o'tkazishyapti
SHu kunlarda yunon-rim kurashi bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi poytaxt viloyatining Dukent mashg'ulot bazasida jam bo'lgan.
Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'inida Islomjon Bahromov, Elmurat Tasmuradov, Mahmud Baxshilloev, Jalgasbay Berdimuratov, Daler Rahmatov singari asosiy tarkib kurashchilarimiz bilan birga istedodli yoshlar ham mashg'ulotlarda ter to'kishyapti. Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan Rustam Assakalov (-87 kg) ertaga terma jamoa yig'iniga kelib qo'shiladi.
Malumot uchun, Dukentdagi yig'in yunon-rim kurashchilarimiz uchun 18-23 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Yig'in doirasida sportchilarimiz joriy tibbiy ko'rikdan ham o'tishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar