29 apr 12:16
Yangiliklar
Yunon-rim kurashchilarimiz Osiyo chempionatiga chiroyli yakun yasashdi
Musobaqaning so'nggi kunida yunon-rim kurashi ustalari qita chempionligi uchun bahs olib borishdi. Quvonarlisi, ushbu kun doirasida gilamga chiqqan vakillarimiz ham musobaqani yuqori notada yakunlashdi.
-60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan vakilmiz Islom Bahromov barcha raqiblarini mag'lub etib, Osiyo chempionligini tantana qildi. Takidlash joiz, kecha o'tkazilgan bellashuvlarda Islomning ukasi Ilhom Bahromov ham oltin medalga sazovor bo'lgan.
SHuningdek, -97 kilogramm vazn toifasida Jahongir Turdiev kumush medaliga egalik qildi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda qirg'izistonlik Uzur Juzupbekovga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa yunon-rim kurashi bo'yicha terma jamoamiz musobaqada 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan ushbu yo'nalish bo'yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Musobaqada jami jamg'arilgan medallar esa 2 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzani tashkil etmoqda.
Fikrlar