16 okt 20:53
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yunon-rim kurashchilarimizning mashg'uloti davom etmoqda + FOTO
Yunon-rim kurashi bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Toshkent viloyatining tog'li hududida joylashgan Yangioboddagi sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Kuniga uch mahaldan o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda Ravshan Ro'ziqulov boshchiligidagi 30 nafar "klassik" kurashchilarimiz ishtirok etishayapti. O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh shifokori Elena Abaeva sportchilarni doimiy ravishda nazorat qilib borayapti. Yig'inda barcha karantin qoidalariga rioya qilinmoqda.
Yangioboddagi yig'in 17-19 noyabr kunlari Navoiy shahrida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati, shuningdek dekabrda Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar