So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

27 apr 19:29
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yunon-rim kurashi ustalari Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

Xitoyning Cian shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati doirasida bugun yunon-rim kurashi ustalari ham bahslarga kirishdilar.

Quvonarlisi, ushbu kun dasturida gilamga chiqqan vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

-55 kg vazn toifasida kurashgan Nankin o'smirlar Olimpiadasi chempioni Islomjon Bahromov finalda yaponiyalik Xiromi Katagari bilan bellashdi. Bahsda 1:1 hisobida qayd etilgan bo'lsa-da, so'nggi ochko vakilimiz tomonidan qo'lga kiritilgani ustunlikni Bahromovga taqdim etdi va shu tariqa u Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.

-63 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasida bronza medali sovrindori Elmurat Tasmuradov finalda xitoylik Erbatu Tuo bilan bahsda 3:2 hisobida oldinda borayotgan payt jarohat oldi va murabbiylarimiz tavakkal qilmay, kurashchimizga bahsni davom ettirishga ruxsat berishmadi. SHu tariqa Tasmuradov kumush medal bilan taqdirlandi. SHuningdek, -130 kg vazn toifasidagi polvonimiz Mo'minjon Abdullaev ham finalda imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egalladi.

Jahon chempionati finalchisi Rustam Assakalov (-87 kg) ham qita birinchiligidan medal bilan qaytadigan bo'ldi. Assakalov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Masato Sumidan 9:1 hisobida ustun keldi.

Reyting:    

Fikrlar

   
27 apr 22:09:31
Bobonur Nurmatov
3 kundan beri davom etmoqda shu musobaqa endi bitta habar chiqti buyoda ogir atlețika buyicha musobaqa bulyapti umuman ishlämayapsila
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing