03 iyu 14:25
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishdi
Tailandning Pattayya shahrida sport kurashlari bo'yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Ortda qolgan kun yosh yunon-rum kurashchilarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal:
-67 kg: Og'abek Muqimov
Kumush medal:
-60 kg: Dostonbek Oripov
Bronza medallar:
-72 kg: Behruzbek Valiev
-82 kg: Bekmurod Rustamov
-97 kg: Faxrikamol Komiljonov
SHu tariqa, “klassik” kurashchilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi.







Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar