08 apr 10:58
Yangiliklar
Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida dastlabki medallarni qo'lga kiritishdi, bugun ham medalli janglar bor
Kechagi kun dasturida O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Oltin medalni -55 kg vazn toifasida kurashgan Ixtiyor Botirov keltirdi.
Oltin medal:
-55 kg: Ixtiyor Botirov.
Kumush medal:
-130 kg: Rafael Cicuashvili.

Bronza medal:
-77 kg: Doniyorxon Nakibov.

Bugun musobaqada yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar yakunlanib, ayollar o'rtasidagi bahslar boshlanadi. Kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan “klassik” kurashchilarimiz:
Final:
-60 kg: Alisher G'aniev – Se Ung Ri (KXDR).
Bronza medali uchun:
-67 kg: Abdumalik Aminov – Ji Leng (Xitoy) / Sachin Saxravat (Hindiston)
-72 kg: SHahzod Qo'chqorov – Taishi Narikuni (Yaponiya).
Bugun saralash bahslarini o'tkazadigan qizlarimiz va ularning ilk raqiblari:
-50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Miran CHeon (Koreya Respublikasi)
-55 kg: Dilshoda Matnazarova – Ariunzaya Odonchimeg (Mo'g'uliston)
-59 kg: Ulmeken Esenbaeva – Xebin An (Koreya Respublikasi)
-68 kg: Svetlana Oqnazarova – Delgerma Enxsayxan (Mo'g'uliston)
-76 kg: Ozoda Zaripboeva – Xu CHang (Xitoy Taipeyi)
Fikrlar