So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

11 jan 08:06
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yunon-rum kurashchilarimiz Xorvatiyaga jo'nab ketishdi

Bugun tong saharda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkent-Istanbul-Zagreb avia yo'nalishi bilan Xorvatiyaga yo'l oldi.

Reja bo'yicha "klassiklarimiz" 12-18 yanvar kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida o'tkaziladigan "Gran Prix Zagreb Open 2021" turnirida ishtirok etishadi. Bu yunon-rum kurashi terma jamoamizning bir yillik tanaffusdan so'ng qatnashadigan birinchi xalqaro musobaqasi hisoblanadi. 

Zagreb turniri yakuniga etishi bilan Xorvatiyaning Porech shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlanadi. "Gran Prix Zagreb Open 2021" musobaqasida qatnashgan aksariyat terma jamoalar 18-29 yanvar kunlari oralig'ida o'tkaziladigan ushbu xalqaro mashg'ulotlarda ishtirok etadi. Xalqaro toifadagi referi, "Oltin hushtak" sohibi Tohir G'ulomov xalqaro turnirda hakamlik qiladi.   

Malumot uchun, ayni paytda yunon-rum kurashchilarimiz tomonidan Tokio Olimpiadasining 3 ta licenziyasi bor. 2019 yil Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida o'tgan jahon chempionatida Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. 

Xorvatiyaga yo'l olgan tarkib:

55 kg: Jasurbek Ortiqboev, Ilhom Bahromov

60 kg: Islomjon Bahromov, Feruz To'xtaev, Muhammadqodir Yusupov

63 kg: Elmurat Tasmuradov 

67 kg: Mahmud Baxshulloev, Mirzobek Rahmatov 

72 kg: Aram Vardanyan

77 kg: Jalgasbay Berdimuratov

97 kg: Jahongir Turdiev

130 kg: Mo'minjon Abdullaev

Murabbiylar - Ravshan Ro'ziqulov, Rustam Qudratov, Zaza Silagadze

Hakam - Tohir G'ulomov

Massajchi - Uzrob Tursunaliev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing