So’nggi yangiliklar

10:31Беш нафар боксчимиз “Элорда кубоги” 1/2 финалида! 0 10:10Арина Соболенко Римда 1/4 финалга чиқди 0 09:49Тони Кроос де Лигтнинг голида ҳакам хато қилганини айтди 0 09:28Ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинларида кураш беллашувлари нечта вазн тоифасида ўтказлиши маълум қилинди 0 09:07Расман: UFC Луисвилл турнирининг марказий жангини тасдиқлади + ПОСТЕР 0 08:46Рим "Мастерс". Табило эртаги давом этади, у илк бор 1/2 финалда! 0 08:25Россия кубоги. ЦСКА пенальтилар сериясида "Зенит"га ютқазди. Файзуллаев сериядан бир неча дақиқа аввал алмаштирилди 0 08:04Самбо. Осиё-Океания чемпионатининг учинчи кунида 18 та медаль! 0 07:43Шаҳрам Ғиёсов Мадримов - Кроуфорд кардида жанг қилиши мумкин 0 07:22Осиё чемпионатининг илк куни уч нафар таэквондочимизга мухлислик қиламиз! 0 07:01"Ювентус" - Италия Кубоги соҳиби! 0 21:40Ҳасанбой Дўсматовда ғалаба, Холдаров эса... 0 19:16Фьюри Усик билан жанг режаси ҳақида гапирди 0 18:55Стерлинг реваншда О'Мэллини мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:34Саудия клублари АПЛнинг 4 юлдузини нишонга олмоқда 0

24 fev 19:03
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yunon-rum kurashchilarimizning Minsk yig'ini yakunlandi, navbat Kiev turniriga!

Bugun yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilgan ikki haftalik xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini nihoyasiga etdi.

Ravshan Ro'ziqulov shogirdlari ikki hafta davomida mashhur "Stayki" sport majmuasida Belarus, Qozog'iston, Ozarbayjon kabi davlat terma jamoalari bilan birga mashg'ulot o'tkazishdi. Kuniga ikki mahaldan tashkil etilgan mashg'ulotlarda 12 nafar «klassik» kurashchilarimiz ishtirok etdi. 

Minsk yig'ini 25 fevral - 1 mart kunlari Kiev shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Ertaga terma jamoamiz delegaciyasi Minsk shahridan to'g'ri Kievga yo'l oladi. 

Malumot uchun, hozirda uch nafar yunon-rum kurashchimiz - Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi licenziyasiga ega. Qolgan kurashchilarimiz Qozog'iston va Bolgariyada o'tkaziladigan licenzion turnirlarda ushbu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun gilamga chiqishadi.

Terma jamoa tarkibi:

55 kg: Jasurbek Ortiqboev

60 kg: Islomjon Bahromov, Muhammadqodir Yusupov

63 kg: Elmurat Tasmuratov

67 kg: Mahmud Baxshulloev, Mirzobek Rahmatov

72 kg: Aram Vardanyan

77 kg: Jalgasbay Berdimuratov, Bilan Nagliev

87 kg: Rustam Assakalov

97 kg: Jahongir Turdiev

130 kg: Mo'minjon Abdullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing