31 iyu 09:10
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
Yunon-rum kurashi bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasi JCH oldidan boykot elon qildi
Yunon-rum kurashi bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasi azolari yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlari oldidan o'ziga xos boykot, yani ish tashlash elon qilishdi.
Ular maoshlarning o'z vaqtida berilmayotganidan nolishyapti. Kurashchilar va murabbiylardan tashqari shifokorlar hamda massajchilar ham bir necha oydan beri maosh olishmagan.
Yunon-rum
kurashchilardan farqli ravishda erkin kurash bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasi o'z
hisobidan jahon chempionatlarida ishtirok etmoqchi.
Malumot uchun, yoshlar
o'rtasidagi jahon chempionati 1-6 avgust kunlari Finlyandiyada, kattalar o'rtasidagi
jahon chempionati esa 21-26 avgustda Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : azerisport.com
Fikrlar