27 mar 15:47
        Yangiliklar	
	
				
				    Sport kurashlari			    
				 
				
			 
				Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Kecha Amman (Iordaniya) shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yunon-rum kurashi bahslari yakunlandi.
			Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medalni qo'lga kiritib, qita birinchiligidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Vakillarimiz shu kungacha joriy musobaqada 2 tadan ko'p oltin medalga ega chiqmagan edi. O'tgan yilgi musobaqada esa 4 ta bronza medali qo'lga kiritilgandi.
Ammandagi Osiyo chempionatini terma jamoamiz umumjamoa hisobida Erondan so'ng ikkinchi o'rinda yakunlaganini ham takidlash joiz.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar