So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

13 fev 14:48
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi turnirdan 2 ta medal bilan qaytdi

Teglar :  Kurash
11-12 fevral kunlari Rossiyaning Podolsk shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha Evropa chempioni V. Ivlev sovrini uchun IX Xalqaro turnir bo'lib o'tdi.


Unda asosan Rossiya, Qozog'iston, Belorus hamda o'zbekistonlik polvonlar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sakkiz nafar kurashchi bilan ishtirok etdi. 

Jumladan 59 kg vazn toifasida Feruz Tuxtaev, 66 kg vaznda Danila Morozov va Nurbek O'ktamov, 80 kg vazn toifasida Jonibek Otabekov, 85 kg vaznli sportchilar bahsida Rustam Sultonov, 98 kg vazn toifasida Jahongir Turdiev va Ikrom Ibragimov, shuningdek o'ta og'ir, yani 130 kg vazn toifasida Abbos Ibragimovlar yurtimiz sharafini himoya qilishdi. 

Musobaqada Feruz To'xtaev barcha raqiblarini mag'lub etib, yakunda oltin medal sohibiga aylandi va shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi. Jonibek Otabekov esa kumush medaliga sazovor bo'ldi. Bundan avvalroq ushbu polvonimiz Vengriya poytaxti Budapesht shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgandi. Ana shu tariqa O'zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi turnirni bitta oltin va bitta kumush medali bilan yakunladi. 

Endi erkin va yunon-rum kurashchilarimiz Turkiyaga yo'l olishadi va mavsumning navbatdagi xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi. Istambulda tashkil etiladigan turnir 3-5 mart kunlari yunon-rum kurashi vakillari ishtirokida bo'lib o'tsa, 10-12 mart kunlari erkin kurashchilarimiz gilamga chiqishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing