27 may 16:29
Yangiliklar
Yunon-rum kurashi. Ikki hamyurtimiz Qozog'istondagi turnirda sovrindor bo'ldi
Unda O'zbekiston, Qozog'iston, Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston kabi mamlakatning sara polvonlari ishtirok etishdi. Etiborlisi, mazkur musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
-60 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Islom Bahromov yarim finalgacha yo'lni muvaffaqiyatli bosib o'tdi, biroq final ostonasida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bahromov bronza medali uchun kechgan bellashuvda mezbonlar vakilini mag'lub etib, shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. SHuningdek, -67 kg vazn toifasida Aram Vardanyan ham uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ushbu vakilimiz 1/8 finalda mag'lub bo'ldi, ammo raqibining finalgacha etib borishi unga bronza medali uchun kurashish eshigini ochdi. Hamyurtimiz esa bunday imkoniyatdan unumli foydalandi.
Fikrlar