23 iyu 13:00
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yunon-rum kurashi Parij-2024 Olimpiadasi dasturidan tushib qolishi mumkin
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Ijroiya qo'mitasi vakili Namig Alievning malum qilishicha, ushbu tashkilotga qarashli yunon-rum kurashi Parij-2024 Olimpiya o'yinlari dasturidan tushib qolishi mumkin.
“UWW so'nggi paytlarda olib borayotgan harakatlarga qaramay, yunon-rum kurashi sporti o'z mavqeyini tobora yo'qotib bormoqda. 2022 yil Dakarda bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiadasida ham mazkur yo'nalish o'rniga sohil kurashi kiritildi. UWW Ijroqo'mi o'tkazgan so'nggi yig'ilish xulosasidan shuni aytishim mumkinki, yunon-rum kurashi Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari dasturidan tushib qolishi mumkin”, – dedi Namig Aliev.
Eslatib o'tamiz, katta tarixga ega bo'lgan mazkur kurash turi 1896 yil, ilk bor zamonaviy Olimpiya o'yinlari tashkil etilgandan beri Olimpiada dasturiga kiritib kelingan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar