So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

03 iyu 14:38
Yangiliklar

Tadbirlar

Yurtimizda Olimpiya va sport haftaligi boshlandi

Teglar :  Olimpiya kuni
Joriy hafta yurtimizda “Olimpiya kuni” keng nishonlanadi.

6 iyul sanasiga belgilangan mazkur tadbirga tayyorgarlik allaqachon boshlanib ketdi. Respublikamizning turli hududlarida ushbu kunga bag'ishlangan ommaviy sport tadbirlari boshlab yuborildi. Bugun Buxorodagi jahonga mashhur Ark qo'rg'onida “Olimpiya kuni”ga bag'ishlangan ommaviy sog'lomlashtirish tadbiri o'tkazildi.

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpizmning ezgu g'oyalarini ilgari surish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tadbirda o'n ming kishi ishtirok etdi.

Ark qo'rg'onida jam bo'lgan qatnashchilar Olimpizm timsolini ifodalovchi 5 xil rangdagi futbolkalarda Olimpiada halqasini shakllantirdilar. Tadbirda, shuningdek, xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'lgan buxorolik sportchilar ham ishtirok etishdi.

Sahnada sportning badiiy gimnastika, boks, taekvondo turlari bilan shug'ullanadigan sportchilar malum shakl asosida harakatlanishdi. Sahna atrofi va halqa uzra Xalqaro Olimpiya qo'mitasi hamda davlatimiz bayroqlari joylashtirildi.

Malumot uchun, bu yilgi «Olimpiya kuni» ilk marotaba butun Respublikamiz bo'ylab umummilliy xalq sayli tarzida nishonlanadi. Bundan ko'zlangan maqsad – yurtimiz aholisining turli qatlamini, ayniqsa, yoshlarni mana shunday ezgu g'oya ostida birlashtirish, ularni sportga jalb etishdir. Xalqaro «Olimpiya kuni»ning asosiy tadbirlari 5-6 iyul sanasiga belgilangan bo'lsa, poytaxtimizdagi bosh tantana 6 iyul kuni «Humo arena» muz sayroyida estradamiz yulduzlarining ishtirokida katta gala-koncert tarzida o'tkaziladi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing