So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

14 jan 20:27
Yangiliklar

Dzyudo

Yurtimizga IJF prezidenti kelyapti, Toshkent Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga kelyapti.

Janob Vizer bugun tunda, aniqrog'i soat 02:30da Moskva - Toshkent avia reysi bilan poytaxtimizga uchib keladi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - O'zbekiston va Xalqaro dzyudo federaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish, ikki tomonlama Memorandum imzolash va eng muhimi 2021 yili kattalar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionati mezbonligini mamlakatimizga topshirishdan iboratdir. 

Xabaringiz bor, Olimpiada yilida jahon chempionati o'tkazilmaydi. SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, navbatdagi jahon chempionati kelasi yili Toshkent shahrida tashkil etiladi. Ko'p tarmoqli, muhtasham "Humo Arena" o'zida dunyo dzyudo yulduzlarini jam qiladi. 

Poytaxtimizga nufuzli musobaqa mezbonligining berilishi o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. O'tgan yili aynan "Humo Arena"da Toshkent Gran-prisi yuqori saviyada, muvaffaqiyatli tarzda o'tkazilgandi. Bunga ishtirokchi davlat rasmiy delegatlari, murabbiylar, sportchilar va tabiiyki IJF mutasaddilari ham ijobiy baho berishgan edi. 

Marius Vizerning tashrifiga doir tadbirlar ertaga soat 14:00dan boshlab O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkaziladi. Avvaliga 2021 yilgi kattalar o'rtasidagi jahon chempionati hamda IJFning yillik Kongressini Toshkentda o'tkazish bo'yicha shartnoma imzolanadi. Keyin Xalqaro dzyudo federaciyasining "Dzyudo maktablarda" dasturi yuzasidan Memorandumga imzo chekiladi. SHartnoma imzolanishida bizdan O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport hamda Xalq talimi vazirliklari mutasaddilari ishtirok etishadi. 

SHundan so'ng Marius Vizer ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Unda IJF prezidenti tadbirda hozir bo'lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga atroflicha javob beradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing