31 jan 14:02
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" Di Mariya bilan shartnomani uzaytirmaydi
"Yuventus" Anxel Di Mariya bilan yangi kelishuv tuzmaydi, deb xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".
Manbaga ko'ra, "byankoneri" kelasi mavsumda maosh fondini qisqartirmoqchi va Di Mariyaga shartnomani uzaytirishni taklif qilmaydi.
Yarim himoyachi 2022 yilning yozidan buyon "Yuventus"da o'ynamoqda. 34 yoshli argentinalikning klub bilan amaldagi bitimi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Di Mariya "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : La Gazzetta dello Sport
Fikrlar