So’nggi yangiliklar

09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0

29 iyu 07:05
Yangiliklar

Futbol

"Yuventus" Evrokuboklardan chetlatildi

Teglar :  Yuventus
UEFA "Yuventus"ni navbatdagi mavsumda Konferenciyalar ligasida ishtirok etishini taqiqladi.

Moliyaviy nazorat surishtiruv natijalariga ko'ra, klub tashkilot tomonidan 2022 yil avgust oyida imzolangan kelishuv bandlarini buzgan deb topilgan. SHu sababli klub navbatdagi mavsum evrokuboklaridan chetlatildi va 20 mln evro jarimaga ham tortildi.

SHularning 10 millioni birdaniga to'lanishi kerak. Agarda klubning navbatdagi uch yillik hisobotlarida ham qing'irliklar aniqlansa, qolgan 10 mln evro ham to'lanadi. O'z navbatida bu holat klubning boshqa ishlardagi moliyalashida va licenziyalash jarayonida jiddiy tasir o'tkazishi mumkin.

Oldinroq UEFA va "Yuventus" jamoaning Konferenciyalar ligasidan chetlatilishi borasida kelishib olishgani borasida malumotlar berilgandi. Klub o'z aybini tan olgani uchun barcha ishlar ochiq tarzda olib borilgan va Italiya sudlari tomonidan tekshirilgan.

Yanvar oyida Turin klubi o'z kapitalining o'sishi raqamlarini soxtalashtirgani uchun 15 ochkodan mosuvo qilingan, biroq appelyaciya bilan ochkolar qaytarib olingandi. Biroq keyinchalik yana taftish ishlari olib borilgan va qing'irliklar aniqlanganidan keyin 10 ochko olib tashlangandi. SHu sababli jamoa mavsumni 7-o'rinda tugatib, Konferenciyalar ligasida ishtirok etishi kerak bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing