11 jan 16:28
Yangiliklar
Zab Juda Menni Pakyao bilan jang uchun ringga qaytishga tayyor
"Men hech qanday jangdan voz kechmayman, - dedi Juda MillCity Boxing nashriga bergan intervyusida. - Menni bilan hech qachon jang qilmaganmiz. Men aynan shu jang tashkil etilishini istardim... Qiziq eshitiladi, yaxshi fikr. Menni nima deydi? SHartnomaga uning nomini meniki bilan yonma-yon qo'yib, nima bo'lishini ko'rish kerak".
Eslatib o'tamiz, Zab Juda so'nggi jangini 2019 yilda o'tkazib, 11-raundda Kletus Seldinga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergan edi. Jangdan so'ng u hushini yo'qota boshlagan va shifoxonaga olib ketilgan, u erda miyasiga qon quyilish tasxshisi qo'yilgandi.
46 yoshli Menni Pakyao esa o'tgan yili to'rt yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytgan va o'zidan 16 yosh kichik bo'lgan yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios bilan durang natija qayd etgan edi. Filippinlik ham faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda va keyingi jangini shu yilning bahorida o'tkazmoqchi.

Fikrlar