15 apr 09:01
Yangiliklar

Zabit Magomedsharipov UFCdan chetlatilishining ehtimoliy sababi aytildi
"UFC tarixidagi eng katta "agarda" shunchaki g'oyib bo'lgan — Zabitdir. Men so'rab-surishtirdim, bunga ehtimol uning ahloqiy-diniy dilemmaga duch kelgani sabab bo'lgandir. U juda dindor va balki bu ish uchun ortiq vaqt sarflamaydigan darajaga kelgandir.
Uning ukasi ham jang qiladi va u Zabitni ikkinchi darajaga tushirib qo'ygan, menimcha, bu qiziq, lekin hamma har hil ekanligi aniq. Zabit: "Yo'q, bu men uchun emas", - degan xulosaga keldi. Menga shunday deyishdi. Biz, ehtimol, u faoliyati davomida nimagadir erishishi mumkinligini taxmin qilamiz, sababi u cho'qqiga chiqqanida juda yuqori darajada edi", - dedi Xelvani.
Malumot o'rnida, Zabit Magomedsharipov rasmiy tarzda UFC yarimengil vazn reytingidan chiqarilgan. Taxminimizcha, bunga Magomedsharipovning uzoq vaqtdan buyon jang qilmagani sabab bo'lgan. Zabit so'nggi bor 2019 yil noyabr oyida jang qilgan edi. Moskvadagi turnirda u hakamlar qarori bilan Kelvin Kattarni mag'lub etgan edi. 30 yoshli Magomedsharipovning hisobida 18 g'alaba va bir mag'lubiyat mavjud.
Fikrlar