12 avg 18:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabitga sobiq UFC chempionlarini taklif qilishgan, biroq...
UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov Yair Rodrigesga qarshi jang bekor bo'lganidan so'ng unga taklif qilingan raqiblar haqida gapirdi.
“Yairga qarshi besh raundga mo'ljallagan jang taklif qilishdi va men buni qabul qildim. Ammo, Rodriges yana jarohat oldi va shundan so'ng UFC menga tezlik bilan raqib izlashni boshladi. Ular menga Entoni Pettis va Maks Xolloueyni taklif qilishdi, ammo har ikkisi ham yarim engil vaznda jang qilishni istashmadi”, - dedi Zabit.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar