So’nggi yangiliklar

14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0

29 iyu 09:14
Yangiliklar

Dzyudo

Zagreb Gran-prisi. 86 davlat orasida kuchli beshlikdan joy oldik

Xorvatiya poytaxti mezbonlik qilgan Zagreb Gran-prisi o'z yakuniga etdi.

Musobaqada sayyoramizning 86 davlatidan sara polvonlar uch kun davomida Gran-pri medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishdi. Zagreb tatamilarida 13 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Yakunda -60 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHarofiddin Lutfullaev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, beshinchi bor Gran-pri turnirining oltin medalini qo'lga kiritdi. +100 kg vazn toifasidagi 20 yoshli polvonimiz Alisher Yusupov esa musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Zagreb Gran-prisini bittadan oltin va bronza medali bilan umumjamoa hisobida 86 davlat orasida beshinchi o'rinda yakunladi. Sloveniya terma jamoasi ham biz bilan bir xil ko'rsatkichga ega bo'ldi. 

Dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi 4 ta oltin va 4 ta kumush medal bilan birinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikdan 2 tadan oltin medalga ega Kanada va Gruziya terma jamoalari joy olishdi. 

To'qqiz mamlakat - Yaponiya, Kanada, Gruziya, Buyuk Britaniya, Sloveniya, O'zbekiston, Isroil, Qozog'iston va Ispaniya terma jamoalari dzyudochilariga o'z uylariga kamida bitta oltin medal bilan qaytish nasib qildi. Jami 26 ta terma jamoa kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing