28 iyu 14:28
Yangiliklar
Dzyudo
Zagreb Gran-prisi. SHahzodbek Sobirov g'alaba bilan boshladi
Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning so'nggi, uchinchi kungi bahslari boshlandi.
Hamyurtlarimizning bugungi ishtirokini SHahzodbek Sobirov boshlab berdi. -90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz ilk davrada ukrainalik Dmitro Berejniga qarshi bahs olib bordi va raqibini muddatidan avval mag'lub etdi.
Endi SHahzodbek Sobirov ikkinchi davra bellashuvida qirg'izistonlik Faruch Bulekulovga qarshi tatamiga chiqadi. Bulekulov birinchi bosqichda islandiyalik Egil Blondaldan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar