28 iyu 15:36
Yangiliklar
Dzyudo
Zagreb Gran-prisi. Sobirov ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Hozirgina hamyurtimiz SHahzodbek Sobirov musobaqadagi ikkinchi g'alabasiga erishdi. -90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz ilk davrada ukrainalik Dmitro Berejnidan ustun kelgandi.
Biroz avval yakunlangan uchrashuvda u qirg'izistonlik Faruch Bulekulovdan ham ustun ekanini amalda isbotladi. Endi Sobirov uchinchi davra bellashuvida gruziyalik Beka Gviniashviliga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar