So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

12 iyu 18:24
Yangiliklar

Sport kurashlari

Zalga 20 kunligida kelgan chaqaloq, Olimpiada chempioni, "Sport Oskari" sohibi, uch yildan beri mag'lub bo'lmay kelayotgan "Tilla bola" yana bir yoshga ulg'aydi

Bugun erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, sportimiz marvaridi, yoshlar o'rtasida bir sportchi erishishi mumkin bo'lgan barcha musobaqalar g'olibi Umidjon Jalolov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Umidjon Jalolov 2002 yil 12 iyul kuni Buxoro shahrida tug'ilgan. Otasi O'tkir aka Umidjon 20 kunlik chaqaloq payti uni kurash zaliga olib kelgan va murabbiy Latif Xalimovga "o'g'lim Umidjon bugundan sizning shogirdingiz" deya niyat qilgan ekan. Yaxshi niyat, yarim davlat deb bejizga aytishmaydi. Yigirma kunligida erkin kurash zaliga kelgan chaqaloq oradan yillar o'tib, uni butunlay zabt etdi.  

"O'sha kunni juda yaxshi eslayman. Otasi O'tkir bilan bolalikdan qalin do'stmiz. Bundan 18 yil oldin zalga 20 kunlik chaqaloqni olib kelib, u sening shogirding bo'ladi degandi. O'tgan yillar davomida biz aytishga arzigulik yutuqlar va shu bilan birga mashaqqatli yo'lni bosib o'tdik. Men Umidjon bilan faxrlanaman", - deydi Latif aka. 

Xalqaro toifadagi sport ustasi Umidjon Jalolov o'smirlar o'rtasida ikki karra Osiyo chempioni (2017, Bangkok), (2018, Toshkent), jahon chempioni (2019, Sofiya), Argentinada o'tkazilgan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari g'olibi (2018, Buenos-Ayres) hisoblanadi. U erishgan natijalari uchun "Sport Oskari" - "Oltin mangust" sovriniga ham ega chiqqan. Biz u zafar quchgan xalqaro musobaqalarni hali sanamadik. Bunga ancha vaqt kerak bo'ladi. 

Fursatdan foydalanib, uch yildan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan, -57 kg vazn toifasi etakchisi bo'lishga intilayotgan Umidjon Jalolovni bugungi unutilmas sana - tavallud kuni bilan muborakbod etamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing