So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

08 jan 10:50
Yangiliklar

Tadbirlar

Zangiotadagi harbiy qismda sport bellashuvlari o'tkazildi + FOTO

Teglar :  ZangiotaHarbiy
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlik - milliy yuksalish kafolati” shiori ostida sportning kurash, boks va basketbol sport turlari bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda harbiy qism   hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqalarda harbiy xizmatchilar o'zaro kuch sinashishdi. 

Murosasiz va shu bilan birga bayramona ruhda o'tgan bahslar yakunida yuqori natijalarga erishgan harbiylar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanishdi. 

SHuningdek, shu kuni ushbu harbiy qismda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi oldidan  viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi O'zbekiston Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish federaciyasi bilan hamkorlikda avtotransport vositasi (avtobus)ni tortish va tosh ko'tarish bo'yicha xarbiy xizmatchilar o'rtasida o'ziga xos bellashuv ham bo'lib o'tdi. 

Pahlovonlikda o'zini sinab ko'rgan harbiy yigitlar shartlarni bajarishda tajribali sportchilardan qolishmasligini isbotlab, yig'ilganlar etirofiga sazovor bo'lishdi. Eng kuchli, deb topilgan harbiylar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing