15 sen 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashevning UFC`dagi ikkinchi jangi sanasi va raqibi malum + FOTO
Kecha saytimizda hamyurtimiz Zarrux Adashevning o'zi istiqomat qiladigan Nyu-York shahridan Las-Vegasga kelgani va mashg'ulotlarni boshlagani haqida xabar bergan edik.
Bu bejiz emas ekan. UFC promousheni Zarrux Adashevning ikkinchi jangi uchun raqib va sanani elon qildi. Yurtdoshimiz 14 noyabr kuni aynan Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida o'zining UFC`dagi ikkinchi jangini o'tkazadi. U UFC Fight night turnirida amerikalik Jeff Molina (8-2)ga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Zarrux Adashev 14 iyun kuni UFC on ESPN 10 turniri doirasida amerikalik Tayson Nemga qarshi oktagonga chiqqan va birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchragan edi. Bu safar to'liq tayyorgarlik ko'rish uchun imkoniyatga ega Adashevdan bo'lajak jangda g'alaba kutib qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar