29 iyu 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Zokirov Zuffa Boxing'dagi debyutini nokautli g'alaba bilan boshladi
AQSHning Las-Vegas shahridagi The Chelsea at the Cosmopolitan arenasida prof boks bo'yicha Zuffa 8 turniri bo'lib o'tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida hamyurtimiz Jahongir Zokirov amerikalik Zachariy Spillerga qarshi ringga ko'tarildi. CHarm qo'lqop ustamiz olti raundga mo'ljallangan jangning ikkinchi raundida mezbon bokschini texnik nokautga uchratdi. Bu Jahongir uchun Zuffa Boxing Ligasidagi debyut jang bo'ldi.
Spiller shu kungacha professional boksda 5 ta jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgandi. Bugun u o'zbek bokschisidan ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalarining 4 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar